Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 06:30

GM Uzbekistan avtomobillari ko‘paymoqda


Spark GM Uzbekistanning yangi loyihalaridan biri.
Spark GM Uzbekistanning yangi loyihalaridan biri.
O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarga ko‘ra¸ GM Uzbekistan O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2011 yilning birinchi yarmida 106 334 dona avtomobil ishlab chiqargan va bu o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan 4¸2 foiz ko‘proqdir.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra¸ 2011 yilning birinchi olti oyi mobaynida qo‘shma korxonada Nexia, Matiz ¸Damas¸ Captiva, Epica rusumidagi mashinalar ishlab chiqarish kamaygan¸ buning o‘rniga Lacetti rusumidagi mashinalar soni 10 foizdan ko‘proqqa oshgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida tayërlanaëtgan yengil avtomobillar asosan¸ Rossiya va MDH davlatlariga eksport qilinadi.

Xabarda aytilishicha¸ 2011 yilning ikkinchi yarmidan qo‘shma korxona GSVEM biznes klass rusumidagi yangi sedan modelini ishlab chiqarishga kirishadi. Janubiy Koreya va Braziliya konstruktorlari hamkorlikda hozirlagan 136 million dollarlik bu yangi loyihaning 2013 yilga borib yakuniga yetishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG